Moliya vazirligi tashabbusli byudjet bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qildi. Endilikda fuqarolar mahalliy byudjetni taqsimlashda ishtirok etish, infratuzilmalarni yaxshilash, yo‘llar, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha loyihalarga ovoz berishlari mumkin.
«Tashabbusli byudjet» bo‘limini o‘z ichiga olgan «Ochiq byudjet» portali ishga tushirilganidan buyon fuqarolar 8000 dan ziyod murojaat yo‘lladi, ularni hal qilishga qariyb 160 mlrd so‘m ajratildi, deya ma’lum qildi moliya vaziri Timur Ishmetov. U o‘zbekistonliklarni mazkur platformadan faolroq foydalanishga chaqirdi.
O‘zbekistonda yangilangan «Ochiq byudjet» portali ishga tushirildi. Unda davlat byudjeti va qarzi bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Plaftormada «Tashabbusli byudjet» bo‘limi yaratilgan. U orqali fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari, ichki yo‘llarni qurish, maktablarni ta’mirlash va jihozlash hamda boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy byudjetning taqsimlanishida ishtirok etishlari mumkin. Ushbu platforma va undan foydalanish tartiblari haqida «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting